“Baxti Tashkentskiy” 15 sutkaga qamaldi

3-sahifa

image

Baxtiyor Zafarovich Qudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”) sud hukmi bilan 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Baxtiyor Qudratullayev joriy yilning 28 noyabr kuni soat 21:45 larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Ko‘xinur ko‘chasi, 37-uyning yo‘lagida va hovlisida bo‘la turib, jamoat joyida IIO xodimlariga nisbatan baqir-chaqir qilib, fuqarolarning tinchligini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan. Shuningdek, u IIO xodimlarining IIB binosiga borib shaxsiga aniqlik kiritish haqidagi qonuniy talablarini bajarmagan.

Huquqbuzar Qudratullayev sud majlisida, huquqbuzarligini tan olmay, uyida bo‘lganida uni xonadonidan olib ketishganini bildirib, suddan ishni odilona ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Sud hukmiga ko‘ra, Baxtiyor Qudratullayev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topildi va unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 dekabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng, “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev, “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, Dilshod Tulkinovich Sharipov, Anvar Babarajabovich Mirzaxanov qo‘lga olingani haqida rasmiy xabar berdi. 

“Baxti Tashkentskiy” O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi –  juda ko‘p miqdorda tovlamachilik va 276-modda (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi “a” bandi – ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash bilan gumonlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxti Tashkentskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing