Baxmut janglarida qancha mahbus qoni bilan javob berdi? Prigojin ma’lum qildi

Olam

image

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Baxmut uchun janglarda qancha yollanma askar halok bo‘lganini ochiqladi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, “Vagner” urushga 50 ming mahbusni jalb qilgan va ularning beshdan bir qismi yoki 20 foizi harbiy harakatlar davomida halok bo‘lgan. Shuningdek, “Vagner”ning boshqa guruhlarida ham yo‘qotish shunday ekani ma’lum qilingan. Prigojin halok bo‘lgan va yaralanganlarning umumiy sonini ma’lum qilmagan. Ammo uning intervyusidan tushunish mumkinki, yollanma harbiylarning 15-16 mingi, jumladan, 10 ming mahbus halok bo‘lgan.

Yevgeniy Prigojin Ukraina Qurolli kuchlarining 50 ming askari Baxmut uchun janglarda halok bo‘lgani va 50 mingdan 70 minggachasi jarohat olganini qo‘shimcha qilgan.

AQSH Prezidenti Jo Bayden joriy yilning 21 may kuni Baxmut uchun janglarda Rossiyaning yo‘qotishlari 100 mingga yaqin kishini tashkil etganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxmut Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing