Baxmalda bolalarni hokimbuvaning qarshisiga yupun olib chiqqanlar ogohlantirish bilan “siylandi”
Jamiyat
−
24 noyabr 2020
11809Bugun tongda ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 43-umumta’lim maktabi o‘quvchilari “Yangi O‘zbekiston - Yangicha dunyoqarash” targ‘ibot tadbiri ishtirokchilarini kutib olish uchun yupun kiyimda hovliga bayroq ko‘tarishga olib chiqilgani aks etgan surat tarqalgandi. Mazkur holat bo‘yicha mutasaddilarga chora ko‘rildi. Bu haqda Baxmal tumani hokimligi xabar berdi.
“Kecha ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘lgan holat yuzasidan Baxmal tumani hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Joriy yilning 20 noyabr kuni Baxmal tumanida Axborot-kutubxona markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan ochilish marosimiga tuman hokimi ishtirokchi sifatida taklif etilgan.
Kutubxona ochilishidan xabardor bo‘lgan kitobxonlar kutubxona fondi bilan tanishish uchun tashrif buyurgan.
Tuman hokimi tadbirga tashrif buyurganda tashkilotchilarning yosh bolalarni sovuq kunda yupan kiyinganligini tadbirga tashrif buyurganidan keyin govohi bo‘lgan. Havoni sovuqli bois ochilish marosimi tashqarida taxminan 5-6 daqiqa davom etgan.
Tadbir yakunlangach tuman hokimi tadbir tashkilotchilariga kichik yig‘ilish o‘tkazadi. Mazkur yig‘ilishda tuman hokimi tadbirni tashkiliy qismi nega aynan binoning ichida o‘tkazilmaganli yuzasidan keskin munosabat bildirgan.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda chiqarilgan e’tirozlar yuzasidan rasmdagi o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbat jarayonida mazkur holatda farzandlarining uzoq vaqt tashqarida qolib ketmaganligi sababli e’tirozlari yo‘q ekanligini bildirilgan.
Tadbir tashkilotchilariga qonuniy tartibda o‘z xizmat vazifasini bajaryotgan vaqtga yo‘l qo‘ygan kamchiliklari yuzasidan ogohlantirish berildi”, deyiladi tuman hokimligi rasmiy bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash holat kuni kecha Andijon viloyatida ham kuzatilgan edi. Kattakonlarning kelishi uchun bolalarning yupun kiyimlarda tashqariga chiqarib qo‘ygan maktab direktori va o‘rinbosari ishdan olindi.
LiveBarchasi