Babayanni futboldan umrbod chetlatganlar futboldan ketgach, Babayan bosh murabbiylikka qaytmoqda

Sport

image

O‘zbekiston Milliy terma jamoasi va Toshkentning "Paxtakor" futbol klubi sobiq murabbiyi Samvel Babayan yana murabbiylikka qaytmoqda.

QALAMPIR.UZ manbasiga ma’lum bo‘lishicha, Babayan yaqin vaqtlar ichida Toshkentning "Lokomotiv" klubiga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Eslatib o‘tamiz Umid Ahmadjonov O‘FA vitse-prezidentligiga kelganidan so‘ng, Babayan umrbod futboldan chetlatilgan edi. Ammo joriy yil avvalida u "Lokomotiv" klubi rahbariyati safida ish boshladi. Chetlatilishi 2018 yilning fevral oyida bekor qilingan.

Ma’lumot uchun, Samvel Babayan 2017 yilda qoniqarsiz natijalar sabab O‘zbekiston Milliy terma jamoasidan iste’foga chiqarilgan. Babayan 2014 va 2015 yillarda "Paxtakor" klubi bilan O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Samvel Babayan Lokomotiv

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing