BAA parvozlar bo‘yicha barcha cheklovlarni bekor qildi
Olam
−
02 may 1349 1 daqiqa
Bugun, 2 may kuni Bayrlashgan Arab Amirliklari hukumati mamlakat havo hududida parvozlar uchun o‘rnatilgan cheklovlarni olib tashladi. Bu haqda mamlakat Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
“Biz Birlashgan Arab Amirliklari havo hududida aeronavigatsiya operatsiyalari normal rejimga qaytganini, shuningdek, avval joriy etilgan barcha ehtiyot choralari bekor qilinganini e’lon qilamiz”, deyiladi xabarda.
Idora xavfsizlik nuqtai nazaridan vaziyatni kuzatishda davom etishini bildirgan.
NDTV telekanali xabar berishicha, Dubay aeroportining bekor turib qolishi amirlik iqtisodiyotiga daqiqasiga taxminan 1 million dollarga tushmoqda. Aviatsiya xabi ishidagi uzilishlar tufayli ko‘riladigan kundalik zarar yuzlab million dollarni tashkil etadi. Bu mablag‘ ichiga Emirates aviakompaniyasi, tranzit tashuvchilar, mehmonxonalar, do‘konlar va transport infratuzilmasining ko‘rgan zararlari kiradi.
Ma’lumot uchun, Yaqin Sharqning qator mamlakatlarida aviaqatnovlar joriy yil 28 fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanishi hamda Tehronning Fors ko‘rfazidagi Amerika va Isroil bazalariga yo‘llagan javob zarbalaridan so‘ng izdan chiqqan edi.
Live
Barchasi