BAA fuqarolariga 3 davlatga borishni taqiqladi
Olam
−
14:53 4038 1 daqiqa
Birlashgan Arab Amirliklari aholisiga Iroq, Eron va Livanga borish taqiqlandi. Ushbu davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolardan zudlik bilan qaytish so‘raldi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Mintaqadagi joriy voqealar munosabati bilan BAA Tashqi ishlar vazirligi BAA fuqarolarining Eron Islom Respublikasi, Livan Respublikasi va Iroq Respublikasiga safar qilishlarini taqiqlaydi. Vazirlik ayni paytda ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan barcha BAA fuqarolarini imkon qadar tezroq BAAga qaytishga chaqiradi”, deyiladi bayonotda..
Shuningdek, BAAning xorijdagi fuqarolari farovonligi monitoring qilinishi va ularning xavfsizligini ta’minlash borasidagi majburiyatlari doirasida chiqarilayotgan barcha ko‘rsatma va tavsiyalarga rioya qilish muhimligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) va OPEK+ tarkibidan chiqishini e’lon qilgan edi.
Live
Barchasi