BAA Bosh vaziri Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqini tabrikladi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 1 sentyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Ta’kidlanishicha, Amirliklar vitse-prezidenti davlat rahbari va O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 30 yilligi bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilagan. 

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilingan, 2019 yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga oliy darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning bajarilishi holati ko‘rib chiqilgan. 

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi amaliy hamkorlikning natijalari mamnuniyat bilan qayd etilgan. Masdar kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekistondagi birinchi quyosh fotoelektr stansiyasi muvaffaqiyatli qurilgani va ishga tushirilgani ta’kidlangan. 

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston tabrik BAA

Baholaganlar

16

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing