Ba’zi G‘arb davlatlari Uchinchi jahon urushiga sabab bo‘lmoqda – Erdo‘g‘an  

Olam

image

G‘arbda Uchinchi jahon urushini qo‘zg‘atadigan bir qator davlatlar mavjud, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa tinchlikni istaydi. Bunday fikrni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidan so‘ng bildirdi. 

“Afsuski, G‘arbda buni qo‘zg‘atayotgan davlatlar va guruhlar bor. Ular Uchinchi jahon urushi yondashuvini qabul qilishadi. Ma’lumki, qurol sotuvchilarga bozor kerak. Qurol bozoridagi diler esa G‘arbdir”, deydi Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin o‘zining so‘nggi bayonotlarida “tinchlik tarafdori” ekanini ochiq aytgan. 

“Chunki tomonlarning charchagani ko‘rinib turibdi”, deydi Turkiya Prezidenti.

Erdo‘g‘anning qo‘shimcha qilishicha, u SHHT sammiti chog‘ida Putin bilan tinchlik yo‘li orqali kelishuv mavzusini muhokama qilgan. Shu bilan birga, Erdo‘g‘an tinchlik o‘rnatish uchun Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vositachilik muhimligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an va Putin 3 iyul kuni Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida uchrashgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Erdo'g'an G'arb Uchinchi jahon urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made