Bahrom Ashrafxonov Bakuga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image
O‘zbekiston Ozarbayjonga insonparvarlik yordamini yubordi north_east

O‘zbekiston Ozarbayjonga insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston Ozarbayjonga yangi elchi tayinladi. Kecha, 14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlangan Bahrom Ashrafxonova bugun, 15 aprel kuni poytaxt Bakuga jo‘nab ketdi va lavozimiga kirishdi. 

Ma’lumot uchun, Bahrom Ashrafxonov 2019 yil sentyabrida Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlangandi. Bu lavozimda joriy yilning 30 martiga qadar faoliyat yuritdi. 

Bahrom Ashrafxonov 1969 yilda tug‘ilgan, 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1994 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari Kentukki universitetini xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, davlat moliyasi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U 1994−1998 yillarda — AIG Trading Group’ning Markaziy Osiyodagi vakili, 1998−2000 yillarda — UzAIG O‘zbekiston-Amerika sug‘urta kompaniyasi bosh menejeri, 2000−2002 yillarda — Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2002-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari – Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2005-2007 yillarda Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2007-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi boshlig‘i – Moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.

2016-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2018-2019 yillarda "O‘zbekneftegaz" AJ boshqaruv Raisi vazifasini bajaruvchisi bo‘lgan.

2019 yil fevralidan 2019 yil sentyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Ozarbayjon Bahrom Ashrafxonov

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing