O‘zbekiston Ozarbayjonga insonparvarlik yordamini yubordi

Jamiyat

image
Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashishda 5 ta muhim taklifni ilgari surdi north_east

Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashishda 5 ta muhim taklifni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan qardosh Ozarbayjon Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan shakllantirilgan yuk tarkibiga tibbiy niqoblar va qo‘lqoplar, himoya kombinezonlari, antiseptiklar va koronavirusga qarshi kurashishda zarur bo‘lgan boshqa tibbiy vositalar kiritilgan.

Ma’lumki, 2019 yilda O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘ldi. Ushbu tashkilotga Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston a’zo. Ushbu mamlakatlarning umumiy aholi 160 millionni tashkil etadi. 

Ayni vaqtda Ozarbayjonda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 1 148 ta holat aniqlangan. Bemorlarning 12 nafari vafot etgan, 289 nafari sog‘aygan. Mavjud bemorlar soni 847 kishini tashkil etmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston bugungacha Xitoy Xalq Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Afg‘oniston Islom Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Vengriya va Tojikiston Respublikalariga insonparvarlik yordamini yubordi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda va Ozarbayjonda koronavirus aniqlangunga qadar joriy yilning 15-16 aprel kunlari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyeva rafiqasi – mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva bilan O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilayotgan edi. 

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlar o‘tkazilishi, ikki davlat rahbarlari poytaxt Toshkentda barpo etilayotgan Haydar Aliyev nomidagi bog‘ning ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan edi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev so‘nggi bor O‘zbekistonga 2010 yilning 27-28 sentyabr kunlari tashrif buyurgan edi. 

O‘zbekiston rahbarining Ozarbayjonga so‘nggi tashrifi esa 2011 yilning 11-12 sentyabr kunlariga to‘g‘ri kelgan. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 15 oktyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining 7-sammitida ishtirok etish uchun Bakuga borgan edi. Sammit doirasida Mirziyoyev Aliyev bilan uchrashib, uni O‘zbekistonga taklif qildi.  


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Ozarbayjon Shavkat Mirziyoev Ilhom Aliev

Baholaganlar

60

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing