Bahodir Jalolovsiz o‘tadigan turnirning to‘liq kardi e’lon qilindi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov 14 aprel kuni Toshkent shahridagi “Humo Arena”da o‘tkaziladigan Xalqaro boks assotsiatsiyasining (IBA) “Chempionlar oqshomi” musobaqasida ishtirok etmaydi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Gap shundaki, Jalolov hozirda bor e’tiborini Parij Olimpiadasiga qaratmoqchi, shuning uchun u oldida turgan bahslarda qatnashish niyatida emas. Uning o‘rniga xorvatiyalik bokschiga qarshi boshqa bir o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Jahongir Zokirov ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. 

To‘liq kard: 

  • -75 kg: A’loxon Abdullayev - Jargal Otgonjargal (Mo‘g‘uliston);
  • -71 kg: Iqboljon Xoldorov - Raxmanqo‘l Sagadat (Qozog‘iston);
  • -63.5 kg: Mujibillo Tursunov - Juma Choki (Tanzaniya);
  • -60 kg: Elnur Abduraimov -  Carlos Ornelas (Meksika);
  • +92 kg: Jahongir Zokirov - Smaki Agron (Xorvatiya) ;
  • +92 kg: Maylk Xanter (AQSH) - Artyom Suslenkov (Rossiya);
  • -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Fatix Keles (Turkiya);
  • -51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Samuel Karmona (Ispaniya).

Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov turnir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing