Bahodir Jalolov navbatdagi jangida raqibini “uxlatib qo‘ydi” (video)

Sport

image

Bugun, 11 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shatatlarining Nyu-York shahrida boks kechasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu boks oqshomida super og‘ir vazn toifasida janglarda qatnashib keladigan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov belgiyalik Jek Muloveyga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang to‘liqligicha Bahodir Jalolovning ustunligi ostida kechdi. Mulovey Bahodirning zarbalariga arang dosh berayotgan edi. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi 6 raundga kelib, raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. Shundan so‘ng Jalolov 7-raundni biroz xotirjamroq o‘tkazdi. Biroq so‘nggi 8-raundda Mulovey kuchli zarbalarni o‘tkazib yubordi va "uxlab qoldi".

Shu tariqa Jalolov professional boksdagi 11-g‘alabasiga erishdi. Qayd etish joizki, Bahodir barcha g‘alabalarini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot o‘rnida, Bahodir Jalolov Osiyo chempionati, Jahon chempionati va Olimpida o‘yinlarida ham zafar quchishga erishgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bahodir Jalolov

Baholaganlar

1360

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing