Bahodir Jalolov nabatdagi jangida ham g‘alaba qozondi
Sport
−
10:38 5081 1 daqiqa
Kecha, 9 may kuni Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Unda super og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov ham ishtirok etdi.
Jalolov Manchester shahridagi Co-op Live Arena majmuasida tashkil etilgan profboks oqshomi doirasida xorvatiyalik Agron Smakichiga qarshi ringga ko‘tarildi.
10 raundga mo‘ljallangan jangda Jalolov raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi. Smakich sakkizinchi raund boshida jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Shundan so‘ng referi bahsda Bahodir Jalolov texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonganini e’lon qildi.
Shu tariqa Jalolov professional boksdagi 18-jangida 18-g‘alabasini qayd etdi.
Live
Barchasi