Bahodir Jalolov qachon havaskor boksdan ketishini aytdi
Sport
−
17 Oktabr 2023
15637O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov Parij-2024 Olimpiadasida g‘olib bo‘lsa, bor e’tiborini profboksga qaratadi. Bu haqda sportchi QALAMPIR.UZ’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“To‘g‘ri, muxlislarimiz bizni profboksda ham jahon chempioni bo‘lishimizni xohlaydi, lekin hamma narsaning o‘z vaqti bor. Men ikki karra Olimpiada g‘olibi bo‘lishni niyat qilganman. Hozir ham havaskor, ham profboksda faoliyat yurityapman. Ikkala tomonni ham bir xilda olib borish juda qiyin, chunki havaskorda 3 raundda jangni hal qilish kerak, professionalda esa 8,10 va 12 raundga kuchni taqsimlay olish lozim. Og‘ir vaznda ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lgan sportchi tarixda yo‘q. Parij-2024 Olimpiadasidan keyin havaskor boksni to‘liq tark etaman”, deydi Jalolov.
Ta’kidlash joiz, Bahodir Jalolov Xanchjouda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritib, havaskor boksdagi titullari sonini to‘liq ko‘rinishga keltirgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jalolovning profboksdagi navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘lgandi. U Toshkentda o‘tkaziladigan boks oqshomida jang qiladi.
LiveBarchasi