Bahodir Jalolov gonorarlarini nimaga sarflaganini ma’lum qildi (video)
Sport
−
24 may 2024 43608 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov janglardan tushgan daromadining yarmini ustozlariga bergani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda sportchi Xalqaro boks assotsiatsiyasiga (IBA) bergan intervyusida ma’lum qildi.
“To‘g‘risini aytsam, gonorarlarimning yarmini ustozlarimga berdim. Shu vaqtga qadar erishgan yutuqlarimning asosiy sababchilari ustozlarimdir. Daromadimning qolgan qismini oilamga sarfladim. Onamni Umra safariga jo‘natdim. Oilamdagi kamchiliklarimni to‘ldirdim. Opa-singillarimga qarashdim. Meni otam yo‘q, hozir ota o‘rnida singillarimga otaman”, deydi Jalolov.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov hozirda Parij-2024 Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U oxirgi jangini havaskor boksda Rossiyaning Xabarovsk shahri mezbonlik qilgan “Konstantin Korotkov” xotira turniri doirasida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullajonovga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongandi.
Live
Barchasi