B2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari ishidan ayrilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda talab etiladigan til sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi belgilanmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining bugun, 28 iyul kuni jamaotchilik muhokamsi uchun e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasida nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra, hukumatning 2021 yil 19 maydagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-son qaroriga yangi norma kiritilib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilaridan talab etiladigan tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.

Muhokama jarayoni joriy yil 12 avgustga qadar davom etadi.

Qayd etish joiz, dastlab 2024-2025-o‘quv yiliga qadar etib belgilangan ushbu talab muddati pedagoglar va keng jamoatchilik vakillarining murojaatlari asosida hozirga qadar bir necha bor uzaytirib kelingan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan xorijiy til fani o‘qituvchilarining lavozim malaka tavsiflariga kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi asosiy talab sifatida kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari uchun kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro til sertifikatini olish muddati 2026-2027 o‘quv yili boshiga qadar uzaytirilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing