Azmun faoliyatini Italiyada davom ettirishga yaqin turibdi

Sport

image

Germaniyaning “Bayer” klubi hujumchisi Serdar Azmun “Roma”ga o‘tish arafasida. Bu haqda futbol jurnalisti Janluka Di Marsio o‘z X sahifasida ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, tomonlar yaqin soatlarda kelishuvga erishishi kutilmoqda.

Eronlik futbolchi “Roma” klubidan tashqari “Zenit” va “Milan”dan taklif olgan.

“Bayer” tarkibida Azmun 44 uchrashuvda 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining qiymati 12 million yevroni tashkil etadi. Avgust oyi boshida hujumchi oyog‘idan jarohat olib, 6-8 haftaga safdan chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Milan Serdar Azmun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing