IIBB boshlig‘i Bobojonov o‘rniga vazir bo‘ldi
Jamiyat
−
03 mart
48138Aziz Toshpo‘latov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Ichki ishlar vaziri lavozimiga ma’qullandi. Bu haqda bugun, 3 mart kuni Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga Aziz Toshpo‘latov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladi.
Ma’lumot uchun, Aziz Toshpo‘latov bungacha Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlayotgandi
Eslatib o‘tamiz, 2017 yildan beri Ichki ishlar vaziri sifatida ishlab kelgan Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel
Trenddagilar

