Aziz Abduhakimov Ekologiya vaziri lavozimiga ma’qullandi
Jamiyat
−
11 iyun 2023 11456 1 daqiqa
Aziz Abduhakimov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga ma’qullandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi deb qayta nomlangandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimov nomzodini ko‘rib chiqqan.
Majlisda Aziz Abduhakimov ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi islohotlarning samaradorligini ta’minlash maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha o‘z Harakatlar dasturi haqida axborot bergan. Deputatlar Aziz Abduhakimov nomzodini Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga ma’qullagan.
Eslatib o‘tamiz, Aziz Abduhakimov avval Tabiat resurslari vaziri bo‘lgandi.
Live
Barchasi