Azarning ikki goli “Chelsi”ni uchinchi o‘ringa olib chiqdi

Sport

image

Angliya chempionati 33-turidan o‘rin olagan “Chelsi” – “Vest Xem” uchrashuvi o‘tkazildi.

Mezbonlarning to‘liq ustunligi ostida bo‘lib o‘tgan o‘yinda “aristokratlar” 2:0 hisobida g‘alaba qozinishdi. Derbidagi muhim g‘alabadan so‘ng “Chelsi” APL turnir jadvalining uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilib oldi.

Uchrashuvda jamoaning asosiy quroli Edin Azar 24 va 90-daqiqalarda to‘p kiritdi. Bu gollar Azarning joriy mavsum APLdagi 16 goliga aylanib, to‘purarlar bahsida ham kuchli to‘rtlikka kirib olishiga yordam berdi.

Ma’lumot uchun, Madridning “Real” klubi belgiyalik ushbu futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Oldinroq “blankos” rahbariyati “Chelsi”ga futbolchi uchun 85 mln funt taklif qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi APL Edin Azar

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing