Azador Qirolicha Yelizaveta II motam libosida tug‘ilgan kunini nishonlayapti

Olam

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bugun, 21 aprel kuni 95 yoshga to‘lganini nishonlamoqda.  

Bukingem saroyining ta’kidlashicha, qirolicha bu kunni turmush o‘rtog‘i shahzoda Filippning vafoti munosabati bilan e’lon qilingan motam doirasida Vindzor qal’asida o‘tkazadi.

“Bu yil qirolicha Edinburg gersogi vafoti munosabati bilan e’lon qilingan motam doirasida Vindzor qal’asida qoladi”, deb yozilgan bayonotda.

Britaniya OAVning eslatishicha, odatda qirolicha tug‘ilgan kunini oilasi davrasida nishonlar edi va peshin vaqtida Londonda qirolicha sharafiga salyutlar otilardi.

Mushakbozlik o‘tgan yili koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilingan bo‘lsa, bu yil u motam tufayli o‘tkazilmaydi.

Motamning rasmiy davri 23 aprelga qadar davom etadi.

Ma’lumot o‘rnida, Yelizaveta II tug‘ilgan kunini ikki marotaba nishonlaydi: birinchisi haqiqiy bo‘lib, u 21 aprel kuni o‘tkaziladi. Ikkinchisi esa rasmiy tug‘ilgan kun hisoblanadi, odatda u iyun oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filipp 17 aprel kuni Vindzor qal’asidagi Avliyo Georgiy ibodatxonasida dafn etildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya qirolicha

Baholaganlar

110

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing