Aytamiz ham, qaytamiz ham... Arlem Dezir O‘zbekistondagi OAVga yaratilayotgan imkoniyatlarni maqtab qoldi

Olam

image

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari erkinligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilmoqda. 

Xususan, YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha maxsus vakili Arlem Dezir o‘z hisobotida O‘zbekistonda OAVni rivojlantirishga qaratilgan yangi qonunlar qabul qilinayotganini, OAV vakillari va xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida turli tabirlar tashkil etilayotganini va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi hamda Prezident huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi.

Londonda bo‘lib o‘tgan ushbu yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekistonning YeXHTdagi vakili Sherzod Asadov ham mamlakatda so‘z erkinligi va jurnalistlar xavfsizligi borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida gapirgan. 

Xususan, elchi OAV sohasida qonunchilikni takomillashtirish, blogerlarni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda jurnalistlar manfaatini himoya qiluvchi ombudsmen lavozimini kiritishni taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval Arlem Dezir Jahongir Ortiqxo‘jayevga oid ovozli yozuv ortidan vaziyatga o‘z munosabatini bildirgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

EXHT Arlem Dezir

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing