Ayrim tumanlarga borib ishlagan shifokorlarga 200 foizgacha ustama to‘lanadi

Jamiyat

image
1 iyundan tibbiyot xodimlarining lavozim maoshi oshiriladi north_east

1 iyundan tibbiyot xodimlarining lavozim maoshi oshiriladi

2022 yil 1 iyuldan Qoraqalpog‘iston tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik maoshiga 200 foizgacha ustama to‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining kecha, 17 may kuni qabul qilingan “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Farmonga muvofiq 2022 yil 1 iyuldan boshlab viloyatlar hamda Toshkent shahridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Chimboy, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Shumanay, Qo‘ng‘irot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshiga dastlabki uch yil davomida 100 foiz, Mo‘ynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama to‘lovlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Bunda, mazkur bandda ko‘rsatilgan ustamani olish uchun shifokor boshqa hududda kamida ikki yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega bo‘lgan bo‘lishi lozim.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston shifokor

Baholaganlar

111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing