Ayrim transportlarni boshqarishda “prava” vaqtincha talab qilinmaydi
Jamiyat
−
12 may 2023
13279O‘zbekistonda moped, kvadrotsikl, tritsikl, skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shartligi to‘g‘risidagi talab 2024 yil 1 yanvargacha to‘xtatildi. Bu bo‘yicha kecha, 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Keltirilishicha, bu tadbir mamlakatda xizmat ko‘rsatish sohasi, xususan, umumiy ovqatlanish va tovarlarni yetkazib berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyati rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
“Eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 santimetr kubdan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli ikki yoki uch g‘ildirakli transport vositalari, shu jumladan, xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan moped, kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shartligi to‘g‘risidagi talab 2024 yil 1 yanvarga qadar to‘xtatiladi”, deyiladi Prezident qarorida.
Bunda transport vositalarida harakatlanayotgan shaxslar motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarurligi belgilangan.
LiveBarchasi