Ayrim tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foizga tushirib qo‘yiladi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan loyiha bilan Bojxona va Soliq kodekslariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda

Taklif etilayotgan qonun loyihasini qabul qilinishi natijasida:

•    talabalarning oliy ta’lim muassasalari hududida tashkil etgan pullik sport to‘garaklari, o‘quv kurslari va boshqa ta’lim xizmatlarni ko‘rsatishdan olingan daromadlari jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligi belgilanadi;

•    norezident hisoblangan jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 12 foiz miqdorida belgilanadi;

•    tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlarini hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflash materiallari importi qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi;

•    xotin-qizlarning bandligini oshirish maqsadida mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarining reyestriga kiritilgan hududlardagi tadbirkorlik sub’ektlariga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida o‘rnatiladi;

•    bojxona bojlari bo‘yicha imtiyozlar faqat Bojxona kodeksi va boshqa Qonunlarga asosan berilishi ta’minlanadi, shuningdek ayrim soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi.

Loyihaga ko‘ra, 2022 yilning 1 mayidan O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan sotib olinadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llanilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing