Ayrim mahsulotlar bojxona bojidan ozod qilindi

Jamiyat

image

Ayrim turdagi farmatsevtika uchun ayrim xomashyo va uskunalarni O‘zbekistonga import qilish bojxona bojlaridan ozod etildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 21 sentyabr kuni qabul qilingan “Bojxona bojlaridan ozod qilinadigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, xomashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Hujjat bilan bojxona bojidan ozod qilinadigan, quyidagilarni o‘z ichiga olgan materiallar va uskunalar ro‘yxati tasdiqlandi:

•    farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari tomonidan olib kelinadigan laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari ro‘yxati;
•    texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari ro‘yxati;
•    farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari ro‘yxati.

Bojxona kodeksiga muvofiq tovarlar shartli chiqarib yuborilgan paytdan e’tiboran 3 yil ichida boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

farmatsevtika boj

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing