Savdo urushi: Kanadaning AQSHga qarshi javob tariflari kuchga kirdi

Olam

image

Kanada AQSH bilan savdo muzokaralari to‘xtab qolgach, AQSH tovarlariga javob tariqasida joriy etgan tariflarini bugun, 8 sentyabr kuni yarim tunda keyin kuchga kiritdi. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.

Kanadaning javob tariflari AQSHdan import qilinadigan 20 milliard dollarlik mahsulotlarga taalluqli bo‘lib, boj stavkalari mahsulot turiga qarab 15 foizdan 50 foizgacha etib belgilangan. Tariflar po‘lat, mebel, kiyim-kechak, elektronika va boshqa mahsulotlarga nisbatan qo‘llanadi.

Bu choralar AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan o‘tgan oy Kanada mahsulotlariga kiritilgan, qiymati 20 milliard dollarni tashkil etuvchi tariflarga javoban joriy qilingan. AQSH tariflari Kanada eksportining qariyb 5 foizini qamrab olgan.

Kanada Bosh vaziri Mark Karni hukumatining AQSH bilan ikki tomon uchun ham manfaatli savdo kelishuvini tuzishga tayyorligini bildirgan. Biroq hukumat manbasiga ko‘ra, hozirda ikki davlat vazirlari yoki hukumat vakillari o‘rtasida muzokaralar olib borilmayapti.

Nashrga ko‘ra, Kanada eksportining bu yil qariyb 68 foizi AQSHga yo‘naltirilgan. Uning qariyb 80 foizi AQSH, Kanada va Meksika o‘rtasidagi “United States – Mexico – Canada Agreement” (USMCA) savdo kelishuvi doirasida bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan. Biroq yangi AQSH tariflari ushbu kelishuvdagi imtiyozlardan foydalanishga imkon bermaydi.

Kanadalik mutaxassislar ikki davlat o‘rtasidagi tariflarning kuchayishi savdo urushining yanada avj olishiga olib ketishidan xavotir bildirmoqda. Kanada AQSH iqtisodiyotidan qariyb 13 barobar kichik bo‘lgani sababli, bu vaziyat investitsiyalar va iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH savdo muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng Kanadaning ayrim tovarlariga 50 foizlik boj joriy qildi.  Bunga javoban, Kanada AQSHning yangi bojlariga javoban 700 ga yaqin turdagi Amerika mahsulotlariga qo‘shimcha boj joriy qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing