Ayrim IIO xodimlari va pensionerlariga xizmat uylari xususiylashtirib beriladi

Jamiyat

image

Endilikda ayrim toifadagi ichki ishlar organlari xodimlari va pensionerlariga ularga berilgan xizmat uy-joylari xususiylashtirib beriladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28 avgust kuni qabul qilingan “Ichki ishlar organlari xodimlari va pensionerlari hamda ularning oila a’zolarini turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, quyidagilarga xizmat uy-joylari xususiylashtirib beriladi:

2022 yil 4 iyulga qadar ichki ishlar organlarida xizmat qilib, pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘tagan yoki xizmat davrida orttirilgan kasallik (nogironlik) oqibatida rezervga va iste’foga bo‘shatilgan, o‘zi va turmush o‘rtog‘ining nomida shaxsiy turarjoy bo‘lmagan pensionerlarga yoxud vafot etgan pensionerlarning nomida shaxsiy turarjoy bo‘lmagan oila a’zolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga);

vafot etgan xodimlarning oila a’zolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga), basharti ularning nomida shaxsiy turarjoy bo‘lmasa.


Maqola muallifi

Teglar

IIO xodimlari xizmat uyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing