IIO xodimlari pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekistonning uch viloyatida huquq-tartibot organlari pora olayotgan xodimlarni ushlab, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, birinchi holat Toshkent viloyatida qayd etilgan. U yerda IIVning Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimi iste’molga yaroqsiz go‘shtni olib kirishga urinayotgan erkakka chora ko‘rmaslik evaziga 500 AQSH dollar talab qiladi. Pulni olayotgan paytda u qo‘lga olingan va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U tizimdan bo‘shatilgan va qamoqqa olingan.

Ikkinchi holat Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan. Pastdarg‘om tumani IIB profilaktika inspektori ish yurituvidagi hujjatlar bo‘yicha fuqaroga chora ko‘rmaslik evaziga 800 dollar olayotganda qo‘lga olingan. Xodim lavozimidan ozod etilgan va Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3 qismi “a” bandi va 211 (Pora berish) moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, xodimga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Namangan viloyati, Davlatobod tumanida esa IIB patrul-post xizmati xodimi fuqaroning avtomobilida giyohvand moddasi topilgach, tegishli choralarni ko‘rmaslik evaziga 11 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni pora sifatida olayotganda qo‘lga olingan. U ham ishdan bo‘shatilgan. Hozirda to‘plangan materiallar asosida tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, 2025 yil boshidan beri huquq-tartibot organlari deyarli 60 nafar xodimga nisbatan tezkor tadbirlar o‘tkazgan. Natijada 250 nafar xodim orasida ehtimoliy huquqbuzarliklarning oldi olingan. 300 dan ortiq xodim bo‘yicha pora taklifi bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilgan: 557 nafar rahbar va xodim intizomiy jazoga tortilgan, 479 nafari esa tizimdan bo‘shatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida yo‘l-patrul xizmati inspektori unga yo‘l bermagan Equinox haydovchisiga asossiz ayblovlar qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora IIO xodimlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing