Koronavirusning ayni paytdagi global o‘chog‘i qayer ekani aytildi

Salomatlik

image

Hozirda Shimoliy va Janubiy Amerika COVID-19 koronavirus pandemiyasining markaziga aylangan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarris ma’lum qildi.

“Ikkala Amerika qit’asida ham yuqumli kasalliklar soni ortib bormoqda. Biz hozir Amerikani epidemiyaning markazi deb hisoblaymiz“, deydi u Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.

Xarrisning ta’kidlashicha, dunyoda COVID-19 aniqlangan eng ko‘p holatlar AQSHda. Undan keyin davolanayotgan bemorlar soni bo‘yicha Rossiya, Buyuk Britaniya va Braziliya turibdi.

Xarrisning ma’lum qilishicha, SARS-CoV-2 virusi turli xil sirtlarda bir necha kungacha yashaydi, shuning uchun dezinfeksiyalash va qo‘llarni sovun bilan yuvish juda muhimdir. Uning so‘zlariga ko‘ra, sanitarlar va tozalovchilar koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda asosiy ishtirokchilarga aylanmoqda.

Amerika Jons Xopkins Universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 13 may kuni dunyoda 4 347 921 odamda koronavirus aniqlangan, 297 220 kishi infeksiyadan vafot etgan, 1 549 343 kishi sog‘ayib ketgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1 390 734 COVID-19 kasalligi aniqlandi, 84 133 kishi vafot etdi. Kanadada — 73 568 kasallangan, 5 425 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Janubiy Amerikada eng ko‘p kasallik qayd etilgan davlatlar – Braziliya (180 049 kishi), Peru (72 059), Chili (34,381), Ekvador (30,419). Chili poytaxtida mahalliy hokimiyatlar 15 maydan boshlab bir hafta davomida to‘liq karantin joriy etadilar.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 13 may kuni koronavirus qayd qilingani bo‘yicha Amerika Yevropani ortda qoldirdi — 1 781 564 ta holat Amerikada, 1 780 316 holat Yevropada.

 

Maqola muallifi

Teglar

Pandemiya Amerika

Baholaganlar

577

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing