Aynan qaysi mahsulotlar kayfiyatni ko‘tarishi aniqlandi

Salomatlik 5645
image

Banan, yong‘oq va ismaloq inson tanasida serotonin ishlab chiqarishga yordam beradi, bu esa yaxshi kayfiyatning kaliti.

Mutaxassislarning tushuntirishicha, serotoninning o‘zi oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud emas. Ammo yuqorida nomi zikr qilingan mahsulotlar ushbu moddani ishlab chiqarishga yordam beradi.

Ta’kidlanishicha, yong‘oq tarkibida omega-3 yog‘ kislotalari hamda ismaloq tarkibidagi foliy kislotasi kayfiyatni ko‘taruvchi serotonin ishlab chiqarishga yordam beradi.

Bundan tashqari, shifokorlarning ma’lum qilishicha, serotonin tana haroratiga, kayfiyatga, uyquga, qon ivishi va ishtahaga ijobiy ta’sir qiladi.

Tavsiya etilishicha, kuniga o‘rtacha bir yoki ikkita banan, taxminan 100 gramm yong‘oq va 200 gramm ismaloq iste’mol qilish kerak. Ana shunda inson kayfiyatidagi ko‘tarinkilik yuqori sur’atda ushlab turiladi.

Sarvar Anvar o‘g‘li
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 219
Reyting: 3
Teglar
t
×