Ayiq bilan mashg‘ulot qilgan Shahram G‘iyosovga chora ko‘rildi (video)
Sport
−
06 yanvar
9642Bir necha kun oldin o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani aks etgan videoni joylashtirgandi.
Ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazib, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan bokschi Shahram G‘iyosovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111-moddasiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
111-moddaga ko‘ra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni ularni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa yoki hayvonlarning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi
Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida, ya’ni 1 million 125 ming so‘m jarimaga tortildi va qilgan ishi uchun uzr so‘radi.
LiveBarchasi