Ayolning boshini uzib, bozorga tashlab ketgan erkakka hukm o‘qildi

Olam

image

Olmaotada ayolning boshini uzib, bozorga tashlab ketgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Unga ko‘ra, sudyalar kengashi ushbu ishni ko‘rib chiqqan. Shafqatsiz qotillikda ayblangan 61 yoshli erkak sud hukmi bilan 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

“Sud uni Jinoyat kodeksining 99-moddasi 2-qismi 12-bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topib, 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi”, degan sudya Mardbek Hakimjonov.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu dahshatli voqea shu yilning bahorida sodir bo‘lgan edi. Olmaotadagi bozordan o‘ramdagi ayol boshi topilgani haqidagi xabar butun mamlakatda shov-shuvga aylandi. Marhuma 1976 yilda tug‘ilgan ayol ekanligi aniqlandi. Keyinchalik, uning boshsiz jasadi  bozor yaqinidagi tashlandiq bino yonidan topilganidan so‘ng, 61 yoshli gumonlanuvchi hibsga olingan edi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Olmaota hukm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing