Ayolni musht bilan urish sahnasini uyushtirgan instabloger javobgarlikka tortildi
3-sahifa
−
30 yanvar
9286Avvalroq, Instagram'da faoliyat olib boruvchi blogerning sevgan yigiti bilan tortishayotgan qizni musht urib yiqitgani aks etgan videosi keng tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati IIBning ma’lum qilishicha, u mazkur video sabab javobgarlikka tortilgan.
Qayd etilishicha, mazkur video tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiladi. Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga taqdim qilingan.
"Instagram sahifamga bir video joylagan edim. Bu video javobgarlikka tortilishga asos bo‘lar ekan. Qilgan ishimdan pushaymonman. Qolganlardan ham bunday mazmundagi videolarni suratga olmasliklarini so‘rab qolaman", deydi bloger.
Instabloger MJtKning 189 prim 1-moddasi bilan aybli deb topilgan va javobgarlikka tortilgan.
LiveBarchasi