Ayollar va bolalarga bepul beriladigan dorilar tasdiqlandi
Jamiyat
−
11 noyabr 2020
13594Biroz avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Mazkur qaror bilan aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha quyidagicha tartib o‘rnatiladi, unga ko‘ra:
a) 2021 yil 1 iyundan boshlab:
• 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
• 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar “A” vitamini bilan;
• 2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlanadi;
b) 2022 yil 1 iyuldan boshlab:
• homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan;
• 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta’minlanadi;
v) 2021 yil 1 apreldan boshlab birinchi nav bug‘doy uni bilan bir qatorda oliy nav bug‘doy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.
Avvalroq, 2021 yil 1 iyundan boshlab 6 toifa fuqarolar bepul dori va vitaminlar bilan ta’minlanishi haqida xabar qilgandik.
LiveBarchasi