“Ayollar oldinda, erkaklar orqada”. Samarqandda avtobusga shunday yozuv osgan haydovchi jazolandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 30 oktyabr kuni Samarqand shahrida avtobusga “Ayollar oldinda, erkaklar orqada” yozuvini osgan haydovchi intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda Samarqand viloyati transport boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 29 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar avtobus yo‘nalishlarida harakatlanuvchi avtobuslardan birining salon qismida yo‘lovchilarning erkin harakatlanishini cheklovchi so‘zlar yozilganligi yuzasidan murojaat tarqalgan. Bu viloyat transport boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan va holat 22-sonli “Navbog‘ mahallasi – Pistamozor mahallasi” yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositasida sodir bo‘lgani aniqlangan hamda transport vositasidan ushbu yozuv olib tashlangan.

Murojaatda keltirilgan holat xizmat ko‘rsatuvchi korxona “Dilshodtransservis” MCHJda holat haydovchilar bilan muhokama qilingan va rahbariyat tomonidan ushbu holatga sababchi bo‘lgan haydovchi A.R.ga belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 1-avtobus yo‘nalishining ikki haydovchisi o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan edi. Shundan so‘ng, ularning biriga nisbatan qat’iy intizomiy chora ko‘rilishi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing