Ayol kishini kaltaklash haqida video olgan blogerlar qamaldi
3-sahifa
−
28 yanvar
27125Ayol kishini kaltaklash haqida olingan videorolik yuzasidan 2024 yil 27 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi qarori e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari ma’lum qildi.
Shaxsiy Instagram sahifasida “ayol kishi har qanday vaziyatda ham eriga itoat qilishi kerak” mazmunidagi videorolik joylagan blogerlar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining raisi T. Obidov tomonidan chiqarilgan sud qaroriga muvofiq, blogerlar — Sh. O. va R.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-1-moddasi (tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish), 189-2-moddasi (jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Ularning har biriga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ma’lumot uchun, avvalroq ular bu ishi uchun uzr so‘rab chiqishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabr oyi o‘rtalarida bloger Otabek Ahliddinov 7 yil-u bir oyga qamalgan edi.