Ayol kishi Bosh vazir bo‘lishi kutilmoqda. U 61 yoshda

Olam

image

Ikkinchi muddatga qayta saylangan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ayol kishini mamlakat Bosh vaziri sifatida ko‘rishni istaydi. Bu haqda bugun, 25 aprel kuni BFM telekanali efirida Fransiya tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Kleman Bon aytdi. 

“Makron, albatta, Matinon saroyiga (Fransiya bosh vaziri qarorgohi) ayol kishini tayinlamoqchi”, deydi Bon. Shu bilan birga, u "butun siyosiy vaziyatni hukumat boshlig‘i figurasiga tushirmaslik kerak", deb qo‘shimcha qilgan. 

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bu lavozimga nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lganlardan biri hozirda mehnat, bandlik va integratsiya vaziri bo‘lgan 61 yashar Elizabet Borndir. 

Avvalroq 2020 yil iyulidan buyon o‘z lavozimida ishlab kelayotgan Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteks “an’anaga ko‘ra, saylovlardan keyingi kunlarda” davlat rahbariga iste’foga chiqish haqidagi arizasini taqdim etish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, keyingi besh yillik uchun Fransiya prezidentligiga o‘tkazilgan saylovning ikkinchi bosqichida Emmanuel Makron asosiy ovozlarni sanab chiqishdan keyin 58,55 foiz to‘pladi va g‘alaba qozondi. 

Ma’lumot uchun, Fransiyada Bosh vazir lavozimi 1958 yilning 4 oktyabr kuni yangi Konstitutsiyani qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan referendum asosida kiritilgan. 

Parlamentning vakolatlari sezilarli darajada cheklangan edi.  Hukumatning Milliy Assambleya oldidagi asosiy mas’uliyati saqlanib qolgan (u hukumatga ishonchsizlik votumini e’lon qilishi mumkin, lekin Prezident Bosh vazirni tayinlashda o‘z nomzodini parlamentga tasdiqlash uchun taqdim etishi shart emas).

Shundan buyon mamlakat Hukumati 24 Bosh vazirni ko‘rdi. Hukumatning 12-raisi esa Edit Kresson edi. U bu lavozimda 1991 yilning 15 mayidan 1992 yilning 2 apreligacha ishlagan va Fransiya tarixida hozircha yagona ayol Bosh vazir bo‘lib qolmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing