Ayol xodimlar mojarosi ortidan Eyfel yopildi

Olam

image

Avvalroq, Parijdagi Eyfel minorasiga Hindiston diniy delegatsiyasi tashrifi chog‘ida ayol xodimlar ish joylarini tark etishga majburlangani haqidagi xabarlar yuzasidan tekshiruv boshlangani haqida xabar berilgan edi. Endi esa mazkur voqea ortidan xodimlar ish tashlashi sababli bir kunga yopilgan Eyfel minorasi qayta ochildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

CGT kasaba uyushmasi vakili Dian Davuanning aytishicha, rahbariyat ayol xodimlarga BAPS nomi bilan tanilgan Hindiston diniy tashkiloti delegatsiyasi bilan aloqa qilmaslik haqida ko‘rsatma bergan. Bu talab xodimlar orasida norozilikni kuchaytirgan.

BAPS tashkiloti Parijda hind ibodatxonasining ochilishi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazayotgan bo‘lgan. Tashkilot yuzaga kelgan vaziyat tufayli jabrlangan yoki noqulaylikka duch kelgan barchadan uzr so‘rab, bildirilgan xavotirlarni jiddiy qabul qilishini ma’lum qilgan.

Parij meri Emmanuel Greguar esa voqea yuzasidan tekshiruv boshlashini aytgan. U gender tengligi Fransiya poytaxtidagi tarixiy yodgorliklarda ham istisnosiz ta’minlanishi kerakligini ta’kidlagan.

Eyfel minorasi bugun, 8 sentyabr kuni qayta ochilgan. Mazkur inshootga har yili qariyb 7 million kishi tashrif buyuradi.

Eslatib o‘tamiz, Eyfel minorasi 2024 yil fevral oyida xodimlarning ish tashlashi sababli yopilgan, ular minorani saqlash uchun mablag‘ni ko‘paytirish va ish haqini oshirishni talab qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing