Ayol 35 kunlik chaqalog‘ini 500 dollarga pullamoqchi bo‘ldi
Jamiyat
−
09 dekabr 2019
4011Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.T. 35 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Postda” xabar bermoqda.
Ayol shu maqsadda tanishi Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limi mudirasi N.T. bilan jinoiy til biriktiradi. Natijada tug‘ruqxona bo‘limi mudirasi “Qurama” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi uy bekasi M.M. hamda uning turmush o‘rtog‘iga M.T. farzandini 500 AQSH dollariga sotmoqchi ekanligini aytadi.
M.M. tuman tibbiyot birlashmasiga 5 500 000 so‘m pul olib kelib, N.T.ga 1 500 000 so‘m va chaqaloqning onasiga esa 2 200 000 so‘m pul hamda umumiy qiymati 500 000 so‘mlik kiyimlarni beradi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi