“Ayaks” Yevropani dahshatga solmoqda

Sport

image

Kecha, 16 aprel kuni tunda YeCHLning chorak final javob bahslari o‘tkazildi. 

Musobaqa favoritlaridan biri deya e’tirof etilayotgan Italiyaning “Yuventus” klubi o‘z maydonida Amesterdamning “Ayaks” klubini qabul qildi.

Murosasiz kechgan bahsda turinliklar 28-daqiqada Krishtianu Ronalduning goli evaziga oldinga chiqib olgan edi. Ammo birinchi bo‘limning o‘zida golland klubi muvozanatni tikladi. 34-daqiqada van de Bek aniq harakatni amalga oshirdi.

Ikkinchi taymda “Ayaks” jamoasining hujumlari biroz xavfli chiqa boshladi. Bu uzoq kuttirmay, 67-daqiqada o‘z samarasini berdi. Matias de Ligt boshi bilan to‘pni “Yuventus” darvozasiga joylab qo‘ydi. Qolgan vaqt davomida hisob boshqa o‘zgarmadi.

“Yuventus” – “Ayaks” 1:2 (1:1, 0:1).

Turin shahri, “Alyans Stedium” stadioni.

Gollar: 1:0 – 28 Ronaldu, 1:1 – 34 van de Bek, 1:2 – 67 de Ligt.

“Yuventus”: Shensni, Rugani, Aleks Sandro, De Shilo (Joau Kanselu, 64), Bonuchchi, Djan, Pyanich, Matyuidi, Bernardeski (Bentankur, 80), Ronaldu, Dibala (Kin, 46).

“Ayaks”: Onana, Blind, de Ligt, Veltman, Mazraui (Sinkgraven, 11; Magalyan, 82), van de Bek, Ziyesh (Xuntelar, 88), Tadich, Shene, Neres, de Yong.

Ogohlantirishlar: Jan (69), Ronaldu (90+3).

Dastlabki o‘yin: 1:1.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus EChL Ayaks

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing