Avvalgi hukumatlar xatosini takrorlamaymiz – Japarov o‘zbek-qirg‘iz chegara muammosiga izoh berdi
Olam
−
27 aprel 2021
11048Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston bilan chegara muammosiga to‘xtalib, bu hali ilk bosqichlarda ekanini, muzokaralar va yer almashishsiz masalaga yechim topilmasligini ta’kidladi. Bu haqda davlat rahbari Sadir Japarov KTRK teleradiokorporatsiyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Biz avvalgi hukumatlar xatosini takrorlamaslik uchun odamlarga ko‘rsatamiz, ularning roziligini olamiz va hal etamiz. Bizning siyosat shunday. Aslida, barchasi yopiq tartibda bo‘lishi kerak, ko‘plab hujjatlar maxfiy. Biroq biz xalq fikri bilan hisoblashamiz”, degan Prezident Japarov.
Avvalroq, O‘sh viloyatining O‘zgan va Qora-suv tumanlarida fuqarolar Kampir-obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyish o‘tkazgani xabar qilingandi.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi – O‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston hukumati delegatsiyasi rahbari Qamchibek Toshiyev norozi aholi bilan uchrashib, xalq fikri ustuvor ekanini va suv ombori qo‘shni davlatga berilmasligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bilan kelishuvga ko‘ra, quyidagi hududlar Qirg‘izistonga o‘tdi:
• Kok-Serek – 105 ga;
• Ala-Buka tumanidagi Boyaston – 212 ga;
• Qora-Suv tumanidagi Oq-Tosh – 100 ga;
• Qora-Beles – 25 ga;
• Namangan va Jalol-obod viloyatlari oralig‘idagi G‘ovasoy – 8 ming ga;
• Ungar-Too tog‘idagi yerlar – 35 ga.
Bular evaziga O‘zbekiston Kampir-Obod suv omboridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Shahrixonsoy kanali joylashgan 50 ga hudud ham rasmiy Toshkentga beriladi. Buning evaziga Qirg‘iziston O‘zgan tumani hududiga 50 ga qo‘shib oladi.
LiveBarchasi