Avval Zelenskiy, keyin Putin. Ikki dushman Erdo‘g‘anning yoniga kelyapti
Olam
−
07 iyul 2023 11474 2 daqiqa
Bugun, 7 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Istanbulga keladi. Bu haqda “A Haber” telekanali ma’lum qildi.
“Bugun Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaga amaliy tashrif bilan keladi. Bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda Rossiya-Ukraina urushi bilan bog‘liq so‘nggi o‘zgarishlar, Don yo‘lagi kelishuvidagi muddatning uzaytirilishi va ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi”, deyiladi xabarda.
Bu tashrif Ukraina Prezidentining ikki yil ichida Turkiyaga ilk ishchi tashrifi bo‘ladi. Safar doirasida Prezident Erdo‘g‘an va Ukraina Prezidenti Zelenskiy yakkama-yakka va delegatsiyalar o‘rtasidagi uchrashuvlarni o‘tkazadi.
Vahdettin saroyidagi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Zelenskiydan keyin Erdo‘g‘anning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashishi kutilmoqda. Kreml tomonidan berilgan bayonotda, Erdo‘g‘an va Putinning tez orada uchrashishi mumkinligi, ammo sana hozircha aniqlanmagani keltirilgan.
“Ehtimol, Zelenskiy bilan muzokaralardan so‘ng Prezident Erdo‘g‘an Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashishi mumkin. Bu uchrashuv Turkiyada ham, Rossiyada ham bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 iyul kuni Zelenskiy avval Bolgariyaga keyin Chexiyaga bordi. Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala Ukrainaga jangovar vertolyot va o‘q-dorilar berishini ma’lum qildi.
Vladimir Zelenskiyning Turkiya rahbarini oldiga borish sabablari haqida QALAMPIR.UZ jurnalistining quyidagi maqolasida o‘qishingiz mumkin.
Live
Barchasi