“Avval tovuqmi yoki tuxum?” – Olimlar azaliy savolga javob topdi

Bu qiziq

image

Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti olimlari barcha davrlarning eng mashhur jumbog‘i hisoblangan “birinchi tovuq paydo bo‘lganmi yoki tuxum” degan savoliga javob topdi. Bu haqda “The Mirror” xabar berdi

Qayd etilishicha, olimlar zamonaviy qushlar va sudralib yuruvchilarning ilk ajdodlari tuxumdan chiqmaganini aniqlagan. Evolyutsion nuqtai nazardan tovuqlarning dastlabki ajdodlari dinozavrlar qo‘ygan tuxumdan yorib chiqqan. Ammo so‘nggi tadqiqotlar tovuqlarning eng qadimgi sudralib yuruvchi ajdodlari dinozavrlar paydo bo‘lishidan million yillar avval ko‘pchilik o‘ylaganidek, tuxum qo‘ymagan bo‘lishi mumkin, degan xulosani bermoqda. 

Bristol universitetining Yer fanlari maktabi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda qattiq va yumshoq qobiqli tuxum qo‘yuvchi yoki tirik tug‘uvchi 51 ta qazilma hamda 29 ta tirik turlar o‘rganilgan. Ularning tadqiqoti Nature, Ecology & Evolution jurnalida chop etilgan. 

Bristol va Nanjing universitetlarining olimlariga ko‘ra, garchi qattiq qobiqli tuxumlar ko‘pincha evolyutsiyaning eng katta yangiligi sifatida ko‘rilsada, mazkur izlanish natijasida embrionning uzoq vaqt saqlanishi shu turdagi hayvonlar uchun to‘liq himoyani taqdim etishi ma’lum bo‘lgan. 

“Amniotlardan avval baliq qanotlaridan oyoq-qo‘llari hosil bo‘lgan dastlabki tetrapodlar (to‘rt oyoqli umurtqali hayvonlar) vujudga kelgan. Ular oziqlanish va ko‘payish uchun qurbaqa va salamandr kabi zamonaviy amfibiyalarda bo‘lganidek suvda ham quruqlikda ham yashashlari kerak edi”, deydi Bristol universiteti professori Maykl Benton.

Olimning ta’kidlashicha, amniotlar bundan 320 million yillar avval vujudga kelganida suv o‘tkazmaydigan teri hamda suvsizlanishni nazorat qilishning boshqa usullarini ishlab chiqish orqali suvdan tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Quruqlikda yashashga o‘tgan jonivorlarning qattiq qobiqli tuxum qo‘yishi ularning naslini yaxshiroq yashab qolishiga va suvsizlanishdan omon qolib, suvdan ancha uzoqroq hududlarda ham yashab ketishiga yordam bergan deb hisoblanmoqda. 

Biologlar ko‘plab kaltakesaklar va ilonlar tuxum qo‘yish hamda tirik tug‘ishda anchayin moslashuvchan reproduktiv strategiyani namoyish qilishini payqagan. Masalan, ba’zi bir-biriga yaqin turlar ham tuxum qo‘yishi ham tirik tug‘ishi mumkinligi aniqlangan. Bunday turlardan tirik tug‘uvchi kaltakesaklar tuxum qo‘yishga taxmin qilinganidan osonroq qayta olishi ma’lum bo‘lgan. Shunga ko‘ra, olimlar eng mashhur jumboqlardan biriga ishonch bilan “tovuq avvalroq paydo bo‘lgan” deya javob bergan.


Maqola muallifi

Teglar

tuxum tovuq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing