Qozog‘istonda tuxum narxi qimmatlab ketdi

Olam

image
Tillaga teng mahsulot: Rossiya Qozog‘istondan ham tuxum so‘radi north_east

Tillaga teng mahsulot: Rossiya Qozog‘istondan ham tuxum so‘radi

Qozog‘istonda tuxum narxi oshib ketdi. Mamlakat Savdo vaziri Arman Shaqqaliyev bu holat mavsumiy ekanini aytdi. Vazir bu haqda parlamentdagi bir guruh jurnalistlar bilan suhbati chog‘ida so‘z ochdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘istonda tuxum qariyb 100 tengega qimmatlagan. Oldin 10 dona tuxum 566 tenge  (taxminan 15 600 so‘m)tursa, endilikda uning narxi 635 tenge (taxminan 17 500 so‘m)ni tashkil qilmoqda.

“Mamlakatda tuxum narxida mavsumiy o‘sish kuzatilmoqda. Oy davomida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar 0,2 foizga oshgan”, deydi Arman Shaqqaliyev.

Uning ta’kidlashicha, vazirlik narxlar dinamikasini ko‘rib chiqmoqda.

"Dinamika odatdagidek – bunga ko‘nikish kerak. Yozda tuxum arzonlashadi, qishda esa qimmatlashadi. Vahima qiladigan joyi yo‘q", deydi vazir.

Ma’lumot uchun, 17 yanvarda Rossiya tomoni Qozog‘istonga chakana savdo tarmoqlariga tovuq tuxumi yetkazib berishni ko‘paytirish iltimosi bilan murojaat qilgan. Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ushbu masala bo‘yicha ish olib borish bo‘yicha topshiriq bergan.

Biroq ekspertlarning fikricha, oqilona yondashuv bilan Rossiya yoki boshqa davlatga tuxum eksportini oshirish Qozog‘iston ichki bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tovuq tuxumi narxining jiddiy oshgani sababli rossiyaliklardan uzr so‘ragan va mavjud vaziyatni hukumat ishidagi muvaffaqiyatsizlik, deb atagan edi. Prezident vaziyat tez orada yumshatilishiga va’da ham bergan. 25 dekabr kuni Sank-Peterburgda bo‘lib o‘tgan YeOII sammitida Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko mamlakatining mahsulot ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyati haqida “maqtanganidan” keyin Putin undan Rossiyaga tuxum yetkazib berishini so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston tuxum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made