Madaniyat vazirligining 32 yoshli xodimi koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
18 iyul 2020
28172Bugun, 18 iyul kuni Madaniyat vazirligi xodimi koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda vazirlik xabar berdi va ta’ziya bildirdi.
“Madaniyat vazirligi jamoasi zahmatkash, yosh xodimlaridan birini yo‘qotganidan chuqur qayg‘uda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotga ko‘ra, Samarqand viloyati Payariq tumanidan bo‘lgan 1988 yilda tug‘ilgan Akmal Baxtiyorovich Irisov olamdan o‘tdi.
Ayni paytgacha u Madaniyat vazirligining Iqtisodiy tahlil, moliya va buxgalteriya boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shifokorlar tomonidan unga o‘tkir nafas yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya, COVID-19 tashxislari qo‘yilgan.
“Madaniyat vazirligi tomonidan uning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etib, chuqur hamdardlik bildiramiz”, deya hamdardlik bildirgan vazirlik.
Avvalroq, ichki ishlar va Adliya vazirliklari tizimidagi xodimlar koronavirusdan vafot etgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi