“Avtomobilsiz kun”: Toshkentda mansabdorlar ishga jamoat transportida keladi
Jamiyat
−
31 yanvar
12822Jamoatchilik vakillari va ekofaollarning taklifiga ko‘ra, ekologiyaga avtomobillardan chiqindi gazlar ta’sirini kamaytirish maqsadida Toshkent shahrida oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini qisqartirishga qaratilgan "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasi amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturiga oid Prezident farmoni loyihasida keltirilgan.
Qayd etilishicha, binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi organlarining rahbar xodimlari va xodimlariga jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali aholiga namuna ko‘rsatib borish vazifasi yuklanadi.
Mazkur tartibning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun ekologiya va transport vazirliklari hamda Toshkent shahar hokimligi mas’ul etib belgilanmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu hujjat loyihasi muhokamasi joriy yilning 14 fevraligacha davom etadi.
LiveBarchasi