Avtomobillarni sinovdan o‘tkazish bazasi tashkil qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi avtomobilsozlik sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qarorga muvofiq “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” AJ ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda:

2019 yilning 1 noyabriga qadar ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarning xavfsizlik va sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlaydigan namunaviy tajriba dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

2019 yilning 1 dekabriga qadar Pskent avtomobil poligoni negizida avtomobillarni va ularning ehtiyot qismlarini sinovdan o‘tkazish bazasini tashkil etish hamda uni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

2020 yil 1 yanvarga qadar avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni to‘la-to‘kis sinovdan o‘tkazishni ta’minlash uchun mahalliy laboratoriyalarni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha Kompleks dasturni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

2020 yil 1 martga qadar “Avtomobillar uchun o‘rtacha korporativ yoqilg‘i tejamkorligi” standartini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobilsozlik

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing