Prezident avtomobilsozlik sohasiga oid muhim qarorni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi avtomobilsozlik sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, 2019-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi:

•    yengil mashina ishlab chiqarish hajmining 350 ming donaga oshishi;

•    Yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini o‘rtacha 60 foizga yetkazish;

•    yuk va avtobuslar ishlab chiqarishni 10 ming donagacha oshirish;

•    avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donaga yetkazish;

•    korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, ERP avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimini joriy etish;

•    avtomobillarning modellarini yangilash, shu jumladan aholining keng qatlamiga qulay bo‘lgan yengil avtomobillarning yangi zamonaviy modelini ishlab chiqarish;

•    “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksionerlik jamiyatlari aksiyalari uchun ichki va xalqaro fond bozorlarida dastlabki ommaviy murojaat (IPO) orqali investorlarni jalb qilish.


Maqola muallifi

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing