Avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘ladi – Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalari ishga tushirilib, avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘ladi va ishlab chiqarish hajmi yillik 1 million donaga yetkaziladi. Bu haqda O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida keltirib o‘tgan.

Dasturga ko‘ra, sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmi 20 milliard dollardan 45 milliard dollarga yetkaziladi, yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqariladi.

Yuqori qo‘shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi va unga 1 milliard dollar ajratiladi.

Shuningdek, kelgusi yillarda:

  • 50 ta nufuzli xorijiy brendlar bilan maxsus eksport zonalari tashkil qilinadi;
  • tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida bino berish maqsadida sanoat ipotekasi tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi;
  • har bir tumanda kamida mingta ish o‘rni yaratadigan 2 tadan yangi sanoat zonalari tashkil etiladi;
  • IT xizmatlari eksporti 5 milliard dollarga olib chiqiladi.

Shu bilan birga, dasturda yo‘l-transport sohasidagi rejalar ham keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra:

  • aviaqatnovlar soni 4 marta oshiriladi;
  • Toshkent – Samarqand, Navoiy – Buxoro yo‘nalishlarida qo‘shimcha tezyurar temir yo‘llari quriladi;
  • temir yo‘l sohasiga xususiy sektor jalb qilinib, xizmatlar sifati raqobatbardosh narxlar asosida belgilanadi;
  • 6 ta yirik aeroport modernizatsiya qilinadi, xususiy aviakompaniyalar soni 10 taga yetkaziladi;
  • 2030 yilga qadar tuman markazlaridan har bir qishloqqacha – jami 5,5 ming kilometr sement-beton yo‘llar quriladi va jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olinadi.
  • Toshkent – Samarqand va Toshkent – Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi avtomobil yo‘llari quriladi.

Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev avtomobilsozlik saylovoldi dastur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing